Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash komissiyasi tashabbusiga binoan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Yosh dizaynerlar Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yilning 14-16-yanvar kunlari Xiva shahrida aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyatini yana-da rivojlantirishga qaratilgan “Nafosat” festivali oʻtkazilmoqda.
Xususan, ijtimoiy hayotda ayollarning oʻrni ortib borgan sari ularning kiyinishiga, tashqi koʻrinishiga eʼtibor ham asosiy oʻringa chiqishi alohida taʼkidlanib, bugungi kunda xotin-qizlar oʻrtasida milliy va zamonaviy ruhdagi, mentalitetimizga mos ravishdagi kiyimlar andozasini muntazam ravishda targʻib qilib borishni davrning oʻzi taqozo etayotgani aytib oʻtildi. Qolaversa, bugungi kunda katta dolzarblik kasb etayotgan ayollar liboslariga milliy qadriyatlarimiz asosida zamonaviy moda yoʻnalishlarini singdirish, bunda vijdon va eʼtiqod erkinligiga qatʼiy amal qilgan holda oʻzbek milliy moda yoʻnalishini shakllantirish mazkur festivalning keng miqyosda tashkil etish zaruratini nazarda tutgan.
Tadbirning birinchi kunida esa festival ishtirokchilarni Shovot tumanida joylashgan “Shovot tekstil” , “Uz TEKS” MCHJ yetakchi ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurishdi. 70 nafar yoshlarimiz korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish jarayonidagi qulayliklar, bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, festival doirasida “Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati” mavzusida seminar-trening oʻtkazilib, unda bir qator mahalliy va chet ellik mutaxassislar, ilgʻor dizaynerlar “Moda va anʼanalar” va “Yetakchi mutaxassislar va oʻzbek dizaynerlari tomonidan zamonaviy oʻzbek ayolining imiji” kabi bir qancha dolzarb mavzular yuzasidan oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT









