Oʻzbekistonda paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperativlari tizimi yaratildi va muvaffaqiyatli ishlamoqda, ular tomonidan fermerlar bilan shartnomaviy munosabatlar doirasida 2020-yilda 2,7 million tonna paxta (yoki 1 million tonnaga yaqin paxta tolasi) yetishtirildi. Respublikada 155 ta yigiruv fabrikasi mavjud boʻlib, ulardan 89 tasi klaster tizimida ishlaydi.
2020-yil 31-dekabr holatiga fermer xoʻjaliklari oldidagi qarzdorlikni oʻz vaqtida yopish (250 million dollardan ortiq) va 40 ming fermer xoʻjaligining (8 oy davomida toʻqimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi boʻlgan paxta yetishtirgan) moliyaviy barqarorligini taʼminlash uchun kalava-ip ishlab chiqaruvchilar uz mahsulotlarini oldindan toʻlov bilan sotishga majbur boʻldilar.
Yigiruv korxonalari 2020-yilning soʻngi oylariga kadar ip kalavani korxonani saqlab qolish, yaratilgan ish oʻrinlari yoʻqotmaslik maqsadida arzon (baʼzi xollarda tannarxdan xam kam) narxlarda sotishga majbur boʻlishdi.
Bundan tashqari, yigiruv korxonalari yuqori sifatli kalava-ip ishlab chiqarish uchun zamonaviy quvvatlarni yaratish uchun olingan millionlab dollarlik kreditlarga qaytarmoqdalar (2020-yilda, Hukumat va banklar koʻmagi bilan past narxlar davrida korxonalar ishlab chiqarishni saqlab qolishga muvaffaq boʻlishdi).
Hurmatli tadbirkorlar – kalava-ip isteʼmolchilari!
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari tomonidan soʻnggi oylarda kalava-ipni (20 ming tonnadan ziyod) “qoʻlda ishlash” rejimida ichki bozorga yetkazib berishni taʼminlash choralarini koʻrmoqdalar.
Hozirda Uyushma tomonidan tarmoq korxonalaridagi vaziyatni tartibga solish va ishlab chiqarishni toʻxtab qolmasligini oldini olish uchun Tezkor shtab tashkil etildi.
Har kuni shtab korxonalarning ipga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganadi, xomashyo izlash va sotib olishga koʻmaklashib kelmoqda (quyida keltirilgan raqamlar orqali Operativ shtab bilan bogʻlanishingiz mumkin).
Oʻtgan hafta davomida 2770 tonnadan ortiq kalava-ip sotib olishga yordam qilindi.
Shu bilan birga, kalava-ipni sotib olish uchun moliyaviy resurslarni taʼminlash maqsadida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi bilan birgalikda eksport shartnomalari va akkreditivlari, QQSni qaytarish evaziga eksportgacha moliyalashtirish masalalarini hal qilishda yordam berish imkoni yaratildi.
Bogʻlanish uchun telefon raqamlari: 71-202-22-44 (121, 127, 114, 113); 97-490-00-68; 90-317-30-79; 90-928-95-00; 97-746-4004; 90-9720222
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



