Maʼlumki, mazkur jamiyat myetallokonstruksilar ishlab chiqarish borasida nafaqat Navoiy viloyati, balki respublikamizdagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi.
Yillik quvvati 10 000 tonnadan ortiq turli hajm va qalinlikdagi metall-konstruksiyalarni yasash va oʻrnatish imkoniga ega boʻlgan mazkur korxonada bugungi kunga kelib sendvich panellari hamda temir beton mahsulotlari ham ishlab chiqarilib, muntazam ravishda oʻz buyurtma chilariga yetkazib berilmoqda.
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yana bir loyihani ishga tushirishni rejalashtirganmiz,- deydi jamiyat rahbari Baxtiyor Agzamov.
Yurtimizda toʻqimachilik sanoati sohasidagi oʻzgarishlar va imtiyozlar bizga tikuv fabrikasini ishga tushirishga turtki boʻldi. Kelgusida tikuvchilik korxonamizda barcha turdagi erkaklar va ayollar toʻqimachilik – trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib beriladi.
Buning uchun Xitoy va Turkiya davlatlaridan zamonaviy va innovatsion tikuv mashinalari, boʻyoq uskunalari, kesuv moslamalari hamda boshqa turdagi zarur asbob- uskunalar keltirildi. Oddiy matodan tayyor kiyim kechaklar ishlab chiqarishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni oʻz ichida qamrab olgan mazkur loyiha ishga tushsa, yana 350 oʻrinli yangi ish joylari yaratiladi va bu navoiyliklar uchun mustaqillik bayramiga munosib sovgʻa boʻladi.
Xulosa oʻrnida aytganda, yirik korxonalar negizida tashkil etilayotgan tikuvchilik korxonalari nafaqat hududlar iqtisodiyotining rivojida, balki bandligi taʼminlanmagan opa-singillarimizni ish bilan taʼminlanishida ham muhim omil boʻlmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT







