Niderlandiyaning sertifikat beruvchi “Control Union” korxonasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi qoshidagi “Textile Standard Services” korxonasi bilan hamkorlikda “ Parvoz Xumo Ravnaq Trans ” korxonasida GOTS (The Global Organic Textile Standard) organik toʻqimachilik uchun jahon standartini joriy etish boʻyicha ishlar olib bordi.
GOTS- xom ashyo yigʻishdan boshlab tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonda toʻqimachilik mahsulotlarining organik usulda ekologik-va ijtimoiy talablarga javob bergan holda ishlab chiqarilishini kafolatlaydi. Standart sertifikatlangan organik tabiiy tolaning tarkibi kamida 70 foiz boʻlgan barcha toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish, qadoqlash, etiketkalash, sotish va tarqatishni oʻz ichiga oladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



