Maktab oʻquvchilarini 7-sinfdan boshlab kasbga yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirish, yuqori sinflarda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlar orasida oʻzini-oʻzi band qilish kabi mehnat shakllarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Bu borada Zomin tumanidagi 60-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha boʻyicha alohida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Bugun ushbu maktabning tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kursida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining Dizaynni rivojlantirish boʻlimi vakillari mehmon boʻldi.
Uchrashuv davomida malakali mutaxassis tomonidan oʻquvchilarga mahsulot tayyorlashda uning tashqi dizayniga alohida yondoshish lozimligi, bu borada eʼtibor beriladigan jihatlar borasida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tashrif davomida oʻquvchilar uchun Zomin shahri markazida joylashgan “Elephantino” bolalar kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tikuv fabrikasiga sayoht tashkil etildi.
Zomin tumani hokimligi, Axborot xizmati