Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqatidan soʻng quyidagi yengilliklar joriy etildi:
- eksport va import operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qoʻllanilishi va undirilishi 2021-yil
31-dekabrga qadar toʻxtatildi (PF-6306); - ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar (roʻyxat boʻyicha) bojxona toʻlovlaridan ozod etildi (PQ-5262);
- oʻn ikki oy davomida 1,0 mln. dollardan ortiq tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar olib kirishda bojxona toʻlovlarini foiz hisoblanmagan holda 120 kunga kechiktirib toʻlash imkoniyati berildi (PF-6306);
- xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga oʻtkazilganda, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi oshadigan, lekin 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan qismi uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi omonidan kompensatsiya taqdim etilishi belgilandi (PQ-5268).
Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan:
- kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi (PF-6307);
- tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (PF-6307);
- mahsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar 3 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatlarda toʻliq qoʻllaniladi
(PQ-5243)
Shu bilan birga avval joriy etilgan yengilliklar va qoʻllab-quvvatlash amalda qilmoqda. Jumladan:
Eksportni ragʻbatlantirish Agentligi tomonidan:
- eksport qilishda transport xarajatlari sertifikatlash, taqdimotlar va boshqa xarajatlar 50 foizgacha qoplanadi (PQ 4707);
137ta korxonaga 21,4 mlrd soʻm mablagʻ qoplab berildi; - eksportoldi aylanma mablagʻlar 4%da, shu jumladan yiliga 20,0 mln. dollardan ortiq boʻlgan korxonalarga 5,0 mln. dollargacha ajratilmoqda (PF 6091, 6306); 89 ta toʻqimachilik korxonasiga, 54,1 mln dollar ajratildi.
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan:
- milliy valyutadagi kreditlar 10 foizgacha; valyutadagi kreditlar 5 foizgacha qoplanmoqda (PF 6091); toʻqimachilik korxonalarining 434ta ariza boʻyicha 135,4 mlrd soʻm qoplandi.
Shuningdek, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport ulushi kamida 60 foizni tashkil yetgan korxonalar mol-mulk soligʻidan ozod etilishi amal qilmoqda (PQ 4453);
Koʻzda tutilgan imtiyozlar va qoʻllab-quvvatlash:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.10.2021 kuni klasterlar boʻyicha oʻtkazilgan video-selektorida boʻyalgan mato va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda ularning kamida 80 foizini eksport qiluvchi klaster va boshqa toʻqimachilik korxonalariga:
- 3 yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 12 foiz oʻrniga 1 foiz qilib belgilanishi;
- mol-mulk soligʻini 3 yilga kechiktirib toʻlash imkoniyati berilishi;
- uskunalar xaridi uchun davlat hisobidan moliyaviy resurslar va grantlar ajratilishi;
- eksportni qoʻllab-quvvatlash uchun 4-5 foizlik, 100 mln dollarga kredit liniyasi ochilishi va boshqa koʻplab imtiyozlar berilishi taʼkidlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



