Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish boʻyicha hujjatlarni elektron tartibda taqdim etish QOʻLLANMASI
1. Elektron soliq xizmatlari portali – my.soliq.uz.orqali soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kiriladi.
2. Hisobotlarni elektron yuborish boʻlimidan “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotlari” tanlanadi.

3. Ushbu boʻlimdan “Qoʻshilgan qiymat soligʻi nol stavkasi boʻyicha ortiqcha summani qaytarish” tanlanadi.

4. Nizomning 1-ilovasi Ariza shakli koʻk rangdagi qatorlar, yaʼni davr, summa (son bilan va soʻz bilan) belgilangan tartibda toʻldiriladi.

5. Nizomning 2-ilovasi “Tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta kelib tushganligi toʻgʻrisida maʼlumot” shablonni yuklab olish orqali toʻldiriladi.

6. Shablon yuklab olingandan soʻng, ilova shakli belgilangan tartibda toʻldirilib, saqlanadi va “Faylni tanlang” tugmasi orqali saqlangan fayl biriktiriladi. Nizomning 3-ilovasi “Yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari REYESTRI” ham huddi shu tartibda biriktiriladi.
7. Nizomning 4- va 5-ilovasi “Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining HISOB-KITOBI” va “Suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va sanitariya tozalash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi kommunal korxonalarning bank hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining HISOB-KITOBI” shaklining koʻk rangdagi qatorlari toʻldiriladi.

8. Ilova shakllari toʻldirilgandan soʻng, “SAQLASH” va “JOʻNATISH” tugmalari bosiladi.

O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT


