Oʻzbek xalqi azal-azaldan tinchliksevar xalq hisoblanadi. II jahon urushi davrida oʻzbek xalqi metin iroda, kuch, sabr va bagʻrikenglik hislatlarini keng namoyon qilgan. Bejiz shu yillarda Toshkentga Tinchlik va Non shahri maqomi berilmadi.
9-mayni Xotira va Qadrlash kuni yurtimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlab, bu kunning ezgu maqsadi oʻtganlarni yod etish, qariyalar va bemorlar holidan xabar olish, ota-ona yaqinlarni ziyorat qilishdan iborat.“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi jamoasi ham ayni shu kunlarda II jahon urushi front orti veteranlari va soha rivojiga yillar davomida oʻz xissasini qoʻshgan tarmoq mutaxassislarini ziyorat qilish, ular holidan xabardor boʻlish, Ramazon kunlarida va karantin davrida moddiy va maʼnaviy koʻmaklashish maqsadida 20 dan ortiq nafaqadagi xodimlar uylariga tashrif buyurishdi.
Bu tashrif ularga bir olam quvonch bagʻishladi. Umrining koʻp qismini ishga sarf qilib koʻzlari xiralashgan, qoʻllari qadoq bosgan ustoz mutaxassilar koʻzlarida yosh bilan qoʻllarini duoga ochishdi va toʻqimachilik sanoati bundanda yuksak marralarni zabt etishini tilashdi.
Veteran va ustozlarga Uyushma tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat va mahsulotlar, pul mukofotlari taqdim etildi.