Vazirlar Mahkamasining 6.05.2020-yildagi “Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali sanoatni yana-da rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 266-son qarori qabul qilindi.
Sanoat ishlab chiqarish salohiyatini yana-da rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish hamda mavjud ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Qumqoʻrgʻon taʼmirlash mexanika zavodi” MCHJning ustav fondidagi 25 foiz davlat ulushini sotish toʻgʻrisidagi taklif bilan chiqishdi.
Normaʻning yozishicha, davlat ulushi “Surxon Kombinat” MCHJga quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida beriladi:
- trikotaj mahsulotlari, matolar va sochiq ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun ikki yil davomida kamida 35 mlrd soʻm miqdorida investitsiyalar kiritilishi kerak;
- kamida 300 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish.
Hujjat 06.05.2020-yildan kuchga kirdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



