Kuni kecha bir guruh oʻzbekistonlik shifokorlar Tojikistonga COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish va hamkasblari bilan tajriba almashish maqsadida Dushanbega joʻnab ketishdi.
Shifokorlarimizni kerakli himoya vositalari bilan taʼminlash va hafvsiliklarini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrildi.
Jumladan, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining “Sharq liboslari” Dizayn markazi tomonidan shifokorlarimiz uchun maxsus dizayndagi, kiyishga qulay yangi kiyim-boshlar turkumi yaratildi va “JAMA STYLE” MCHJ, “ISTIQLOL TEXTILE DIZAYN” MCHJ, “ARIYA TEKS MCHJ, “JAMSTYLE MASTER” MCHJ tomonidan yangi eskiz asosida zudlik bilan tikilib qiska muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etildi.
Har bir shifokor uchun yaratilgan maxsus himoya kobinezonlar va niqoblar qulayligi, himoyalash taʼsiri yuqorili, sifati va yangicha dizayni bilan ajralib turadi.
Fidoyi shifokorlarimizga COVID-19 pandemiyasini yengishda va yurtimizga eson-omon qaytib kelishlarini tilab qolamiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



