✅ Davlat rahbari Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan turar joy majmualari qurilishini boshlab berdi.
❗️ Suv toshqinidan zarar koʻrgan 4,5 mingga yaqin xonadon egalarining har biriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentidan:
✅ 40 million soʻmlik moddiy yordam;
✅ Televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovgʻalar topshirilmoqda.
🏬 Uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.
❗️ Taʼmirlanadigan va yangi quriladigan uylar davlat tomonidan bepul qurib-taʼmirlab beriladi.
✅ 1-sentyabrgacha odamlar yangi koʻp qavatli uylarga va oʻzlarining taʼmirlangan hovli-joylariga toʻliq koʻchib oʻtadi.
❗️ Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham oʻzlarida qoladi.
✅ Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 1 ming 800 ga yaqin beton panelli kottejlar zamonaviy taʼmirlanib, oʻz egalariga topshiriladi.
🔵 Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari boshchiligida 305 ta qurilish tashkiloti va 12 mingga yaqin quruvchilar Sirdaryoga yetib kelgan.
❗️Qiymati 2 trillion 143 milliard soʻmlik 323 ta katta-kichik loyihalar amalga oshiriladi.
💼 Ushbu loyihalar hisobiga Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida joriy yilda 10 mingga yaqin kishi ish bilan taʼminlanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



