Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berildi.
Prezident “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasini boshqarish tizimini yana-da takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini boshqarish tizimini yana-da maqbullashtirish va takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berildi.
“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish komissiyasi tuzildi.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJni tugatish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlaydi va uning bajarilishini taʼminlaydi.
Belgilanishicha, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ korxonalari uchun imtiyozlar va preferensiyalar (qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno) berish boʻyicha ilgari qabul qilingan qonun hujjatlari oʻz kuchini prezident va hukumatining tegishli hujjatlari bilan belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qoladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



