“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotiga aʼzo davlatlarning tajribalarini oʻrganib chiqqan holda bir qator qoʻllanma loyihalari ishlab chiqildi.
- O’z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Turistik industriya ob’ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir tavsiyalar
- O’z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Sanoat korxonalari uchun gigiena, infeksiya va uni oldini olish bo‘yicha qo‘llanma. Tavsiyalar
- O’z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Kempinglar va dam olish maskanlarida xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar
- O’z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Jamoat ovqatlanish joylariga nisbatan boshqaruv prinsiplari va tavsiyalar
- O’z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Turizm bo‘yicha qo‘llanmalar va tavsiyalar
Ushbu qo‘llanmalar standart shaklida tayyorlangan bo‘lib, qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etadi hamda tavsiyaviy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu qoʻllanmalar standart shaklida tayyorlangan boʻlib, qoʻllanilishida ixtiyoriylik kasb etadi hamda tavsiyaviy koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi.
Standartlarda sanoat korxonalari uchun gigiyena, infeksiya va uning oldini olish, umumiy ovqatlanish obyektlarida, transport, kemping xizmatlari, koʻngilochar, maʼrifiy, ishbilarmonlik, davolash-sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport muassasalarida va dam olish maskanlarida xizmat koʻrsatish boʻyicha tavsiyalar bayon etilgan.
Shuningdek, standartlar korxona ishchi va xodimlarining salomatligini himoya qilish uchun maqbul mehnat sharoitini va mehnat jarayonini tashkil etish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, turistlarning salomatligini taʼminlash maqsadida ularga sanitariya-gigiyenik xavfsiz xizmat koʻrsatish boʻyicha umumiy talablarni belgilaydi.
Agar sizda qoʻllanma loyihalari boʻyicha fikr va mulohazalar boʻlsa, “Oʻzstandart” agentligining uzstandard@gmail.com va uzst@standart.uz elektron pochtasiga yuborishingizni soʻraymiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



