Odamzod paydo boʻlibdiki ilm olish va yangilik yaratishga intilib kelgan. Avval toshlarga, soʻngra turli terilar va qogʻozga oʻrganganlarini muhrlagan.
Alisher Navoiy «Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai», deya taʼkidlagan boʻlsa, Amir Temur «Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni oʻrgatuvchi murabbiydir», deya uqtirgan.
Koʻp kitob oʻqigan odam
- tafakkur doirasi boshqalarnikidan ajralib turadi
- olamni, hayot haqiqatini, yaxshi-yomonni teranroq anglaydi
- oila aʼzolari, farzandlari va atrofdagilarni ham kitobning sirli olami tomon chorlaydi.
- ravon gapirishni, chiroyli jumlalar tuzishni oʻrganadi
- soʻz boyligi oshib, keng fikrlaydi
- Kitob oʻqish — aqlni charxlaydi, xotirani yaxshilaydi, Alsgeymer kasalligidan saqlaydi
- yangilik yaratishga undaydi.
- ichki xotirjamlik va uyquni yaxshilaydi, stressdan asraydi
- oʻziga boʻlgan ishonchi oshiradi
- yoshi nechada boʻlishiga qaramay doimo oʻzini yosh his qiladi.
Sahovatpesha va oʻqishni keng targʻib etuvchi insonlar kuni kecha kutubxonamizga shaxsiy fondlaridan dunyo mumtoz adabiyoti durdonalarining 650 dan ortiq taqdim etishdi.
Taniqli yozuvchi Rey Bredberi taʼkidlaganidek, kitoblarni yoqishdan ham ogʻir jinoyat bor, bu masalan ularni oʻqimaslikdir. Pandemiya bilan bogʻliq vaziyat esa yangilik yaratish, maʼnaviy va kasbiy salohiyatini oshirishning ayni payti. Uyushmaning www.uzts.uz saytida joylashtirilgan elektron kitoblarni ham mutolaa qilishni unutmang.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



