Shifoxonalarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun zarur kislorodli konsentratorlarga talab oshdi. Oliy Majlis Senati aʼzosi Nurmuhammad Ochilov xayrli ish tashabbuskori boʻldi.
N. Ochilov Xitoydan 100 dona kislorodli konsentrator xarid qilib, ularni Gʻijduvon, Olot, Jondor, Vobkent, Shofirkon tuman va Kogon shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga yetkazishga bosh-qosh boʻldi.
— Kasallikka chalingan yurtdoshlarimizning tezroq tuzalib, oilalari bagʻriga qaytishlari hammasidan muhim, — deydi Oliy Majlis Senati aʼzosi.
Savobli ish odamlar salomatligiga befarq boʻlmagan tadbirkorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Chunonchi, viloyatdagi “Merganteks” paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan xarid qilingan 100 dona xuddi shunday tibbiy uskuna ham shifo maskanlariga topshirildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



