Bekobod tumani 2020-yil paxta hosili uchun 243 ta fermer xoʻjaliklari hamda APK Bekobod UK klasteri bilan birgalikda 12000 gektar yer maydoniga paxta ekilgan boʻlib, 36300 tonna hosil yigʻib olish rejalashtirilgan.

Fermer xoʻjaliklari va APK Bekobod UK klasteri paxta maydonlarida yetishtirilgan hosil tajribali mutaxasisislar tamonidan aprobatsiya, yaʼni hosil miqdori aniqlandi. Mutaxasislar xulosasiga koʻra, 96 ta fermer xoʻjaliklari qoʻshimcha 5 sentnerdan, 77 ta fermer xoʻjaliklari 3 sentnerdan jami 691 tonna qoʻshimcha paxta topshirishga APK Bekobod UK klasteri bilan shartnomalar imzolagan.

Paxta hosilini oʻz vaqtida yigʻib terib olish boʻyicha chora-tadbirlar davomida umumiy: 15000 nafar terimchidan iborat 82 ta otryad shakllantirildi. Shulardan 2000 nafari Fermer xoʻjaliklari, 2500 nafari APK Bekobod UK klaster, 10500 nafari uyushmagan aholini tashkil qiladi.

Har bir terimchiga oʻrtacha 0,8 gektar paxta maydoni va mavsumiy terim normasi bir tonnadan toʻgʻri kelishini hisobga olib, bir otryadga oʻrtacha 70-80 gektar paxta maydoni, 2-3 tadan fermer xoʻjaligi va 80-150 nafar terimchilar biriktirildi.

Shuningdek, paxta hosilini tashish uchun har bir otryadga bittadan traktor, 2 tadan tirkama, har bir terimchiga 2 tadan etak hamda issiq ovqat tayyorlash qozon, oʻchoq, quruq oʻtin, samovar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratildi.
Yotoq bilan joylashadigan 3000 nafar hasharchilarga 158 ta yashash joylari ajratilib, taʼmirlanmoqda. Yotoq joylari tuman ishchi guruhlari tomonidan oʻrganilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etish boʻyicha bevosita tavsiyalar berilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT


