Shu kunlarda toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan ichki bozorda ip kalavaga boʻlgan talab oʻsib borayotgani va narxlar xam mutanosib ravishda oshishi haqida bahslar bormoqda.
Ushbu vaziyatni toʻliq nazorat qilish va eksport kontraktlarini oʻz vaqtida amalga oshirish masalalari joriy yilning 20-yanvar kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va yirik tarmoq korxonalari ishtirokida boʻlib utgan onlayn uchrashuvda muhokama qilindi.
Uchrashuvda Uyushma raisining birinchi oʻrinbosari D.Vaxabov ishtirok etib yigiruv fabrikalari utgan yil davrida ishlab chiqarish va ish oʻrinlarini saqlab qolish maqsadida ip kalavani arzon narxda sotishi kuzatilgani va hozirda ip kalava narxi oshishi mato, boʻyoq, trikotaj ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga taʼsiri koʻrsatishi mumkinligini inobatga olib ushbu vaziyatda Uyushma va tarmoq korxonalarining keyingi amalga oshirishi muhim boʻlgan vazifalari haqida toʻxtaldi.
Oʻz navbatida xar bir korxona ushbu vaziyat yuzasidan takliflarini berdi va qiziqtirgan savollarga uyushma rahbariyatidan javob oldi.
D.Vaxabov shu bilan bir qatorda hozirda eksportda tayyor mahsulot ulushi oshishi va yangi ishchi oʻrinlari yaratilishi muhimligini taʼkidladi.
Va agarda, ichki bozorda ip kalava tanqisligi yuzaga kelsa uni eksportini vaqtincha toʻxtatilishi koʻrib chiqishi mumkinligini taʼkidladi va yigiruv korxonalari bundan tegishli xulosa chiqarishlarini aytib oʻtdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



