— “Fratelli Casa” hozirda butun Oʻzbekistonda ommabop oʻzgacha uslubda va alohida dizaynga xos yoshlar uchun trend hisoblangan brend hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida ushbu brend oʻz isteʼmolchisini topishga ulgurdi. Korxonaning tashkil etilish tarixi qanday kechgan? “Fratelli Casa” brendi shu darajaga erishguncha nimalardan oʻtdi?
— Brendimiz 2006-yili tashkil etilgan. 3 yil faqat buyurtma asosida ishlab kelganmiz. 2009-yilda oʻzimizni ishlab chiqarishimizni boshlaganmiz. Boshida strategiya yuk edi. Asosan bir xil tipdagi erkaklar futbolkasini tikar edik. Faqat kiyim bozorida savdo qilar edik. Raqobat narx ustida oʻzgara boshladi. 2012-yilda bozorda sotishni toʻxtatdik. Doʻkonlar bilan ishlashni boshladik. Ayollar uchun xam kiyimni ishlab chiqarishni boshladik. Lekin oʻsha payt xam aniq bir strategiya yuk edi. Bu koʻpchilikning eng katta xatosi. Man uchun xar bir brend oʻzini strategiyasi, aniq bir yoʻnalishi va bozordagi oʻz oʻrniga ega boʻlish kerak. Boʻlmasa magʻlubiyatga uchrash mumkin.
2015-yilda bizni bir podiumiga taklif qilishdi. Podium kolleksiyadan tashqari savdo yarmarkasi xam bor edi. Talab faqat milliy yoʻnalishdagi kiyimlar boʻlish kerak edi. 1 kun vaqtimiz bor edi. 24 soat ichida xar xil fasonlar yaratish kiyin masala edi. Shunda bir gʻoya keldi. Milliy naqshlarni futbolkalarga tushirdik. Qoʻrqib 100 dona qilgan edik. 1 soat ichida sotib tugatib qoʻydik. Bu biz uchun katta belgi boʻldi. Oʻsha kun biz uchun bir yoʻnalish berdi. Biz moda emas balki emotsiya sotishimiz mumkinligini tushundik.
Bizning maqsadimiz 10 yildan keyin Fratelli Casa qanday brend deyilganda aniq bir taʼsirot boʻlish kerak. Hozir bizning mahsulotlarimizda milliy naqshlar aks ettirilgan zamonaviy kiyimlardir. Va odamlar bizni shu yoʻnalish bilan bogʻlashadi. Bu bizning asosiy maqsadimiz edi. Mahsulotlarimizni chet elga sovgʻa uchun xam koʻp xarid qilishadi. Saytimiz orqali hozir butun dunyoga sotamiz. Asosan bizga buyurtmalar AKSH, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Germaniya davlatlaridan tushadi.
— Bilamizki, koʻplab mahalliy ishlab chiqaruvchilar aynan eksportga qaratilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishadi va ularni ichki isteʼmolchi aksariyat holatda bilmaydi. “Fratelli Casa” brendida esa aksincha – promoaksiyalar aynan avvalo ichki bozorga qaratilgan. Bundan koʻzlangan maqsad nima? Yoki tashqi raqobat kuchlikmi?
Koʻp fabrikalar tayyor buyurtma asosida kiyim ishlab chiqarib eksport qilishadi. Biz esa uz kolleksiyamizni eksport qilishimiz kerak. Bizning narxlar eksport bob arzon emas. Bizning maqsadimiz Oʻzbekistonda hamma taniydigan va katta muvaffaqiyatga erishgan brend boʻlish. Keyin chet elda oʻz doʻkonlarimizni ochish rejalarimiz bor. Karantindan oldin biz Nyu Yorkning Bruklinida doʻkon topgan edik. Yozgacha doʻkon ochish rejamiz bor edi. Asosiy mijozlarimiz bu bizning chet elda yashab kelayotgan xamyurtlarimiz. Chet elga chiqadigan kolleksiyamiz xam faqat milliy naqshlar bilan bezatilgan kiyimlar buladi.
— Dizayn borasida “Fratelli Casa” oʻzgacha milliy va zamonaviylikni umumlashtirgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bu hozirda trend, va yoshlar orasida katta urf boʻlgan. Mahsulot dizaynini yaratishda nimalarga eʼtibor berasiz, yoki kimlar bilan maslahatlashasiz?
— Yurtimizning milliy naqshlari dunyoda katta talabga ega boʻlyapti. Bu bizga juda kulay kelyapti. Biz asosan hozir shu naqshlarga va yeshlar orasidagi trend kiyimlarga urgʻu beramiz. Agar mahsulot zamonaviy boʻlib, uzgacha bezatilgan boʻlsa va boshqalardan farqli boʻlsa uni sotish osonroq. Biz hozir naqsh tarixiga va tariximizni kiyimda aks ettirishga harakat qilyapmiz. Yaqinda shunaqa kolleksiyamiz chiqadi. Masalan doʻppi naqshi bor kiyimlarimiz juda katta talabda. Maqsadimiz koʻproq fasonga emas koʻproq noyoblikka urgʻu berish. Koʻp dunyo brendlari xam buni qilishadi. Shaxsan man ETRO brendini koʻpdan beri kuzatib kelaman.
— Shaxrux Kayumov – tadbirkor, bloger, teleboshlovchi, oila boshligʻi – bu ishlarni barchasiga ulgurishning oʻzi qiyin masala. Taym menejmenti – yaʼni vaqtdan oqila foydalanishda nimalarga eʼtibor berasiz? Sevimli kitoblaringiz bormi?
— Men korxonamizda koʻproq strategman. Vazifalarni toʻgʻri taqsimlab, kerakli xodimlarimga real KPI qoʻyaman. Sevgan kitoblarim:
- Pozitsionirovaniye. Bitva za umы. Djek Traut.
- Psixologicheskoye aykido. Mixail Litvak
- Fenomen Zara. Kovadonga Oʻshi
- Psixologiya vliyaniya. Robert Chaldini.
Intervyu “Oʻztoʻqimachiliksanoat”
uyushmasi matbuot xizmati
tomonidan tayyorlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT






