Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida 1 mlrd 200 mln 324 ming AQSH dollari qiymatidagi 609,4 ming tonnadan ortiq toʻqimachilik mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi saytida maʼlum qilindi.
Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan respublikadan 5332 tonna koʻp toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilindi.
Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, toʻqimachilik mahsulotlarining 32 foizi Xitoyga, 23 foizi Rossiyaga, 18 foizi Turkiyaga va 9 foizi Eronga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda toʻqimachilik mahsulotlarining eksporti qiymati Peruga 13,1 barobarga, Pokistonga 1,8 barobarga, Litvaga 1,8 barobarga, Polshaga 1,7 barobarga, Germaniyaga 1,7 barobarga, Portugaliyaga 1,4 barobarga va Bangladeshga 1,4 barobarga ortgan.
Joriy yildan ilk bor Singapur, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Makedoniya, Janubiy Afrika, Paragvay va Slovakiyaga toʻqimachilik mahsulotlari eksporti yoʻlga qoʻyildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



