Sharq liboslari Dizayn markazi” maʼsuliyati cheklangan jamiyatining vazifasi va faoliyati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF 5285 sonli Farmoniga muvofiq “Oʻzbekengilsanoat”AJ tugatilib, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tashkil etildi.

2018-yil 20-martdagi PF- 5383 Farmonining 2-ilovasiga muvofiq PQ -1554 sonli qaror oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli “Sharq liboslari Dizayn markazi” MCHJ “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2018-yil 23-martdagi №41 sonli buyrugʻi bilan uyushma qoshida qayta tashkil etildi.

Sharq liboslari Dizayn markaziMCHJning asosiy vazifalari etib:

  • aholining oshib borayotgan ehtiyojlari va talablarini hisobga olgan holda yengil sanoat buyumlarini istiqbolli modellashtirish, jahon modalarining eng yangi tendensiyalarini oʻrganish, yengil sanoat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlari marketing tadqiqotlarini amalga oshirish;
  • dizaynning model biznesi va kiyim-kechak ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashayotgan xalqaro eʼtirof etilgan yetakchi markazlari bilan mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ularning ilgʻor tajribasini oʻrganish;
  • bozor konyunkturasini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan modellarni doimiy ravishda yangilab borish, liboslarning raqobatbardosh modellarini yaratish, manfaatdor tashkilotlarning ishlab chiqarishiga buyurtmalar portfelini shakllantirishda ularga hamda toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoatiga zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni jalb etish boʻyicha maslahat yordami koʻrsatish;
  • xalqaro tajribani oʻrganish asosida xarajatlarni hisobga olishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning rentabelligini taʼminlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda va ularning yangi turlarini jahon bozoriga kiritishda mahalliy yengil sanoat tashkilotlariga koʻmaklashish;
  • mahalliyvaxorijiydizaynerlarliboslarimodellariningnamoyishlarini, konferensiyalar, koʻrgazmalar, metodik seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish.

“Sharq liboslari Dizayn markazi” MCHJ qoshida “Sharqona liboslar” Nodavlat Taʼlim Muassasasi tashkil etilgan boʻlib, quyidagi yunalishlar boʻyicha faoliyat yuritib kelmoqda:

  • “Fashion style”
  • “Modelyer-konstruktor”
  • “Tikuvchilik texnologiyasi”
  • “CoralDraw”