Uyushma tarkibida eksport faoliyati, xalqaro standartlar va sertifikatlar olish, marketing va reklama, dizayn xizmatlari hamda boshqa sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar ham faoliyat yuritadi.
“Uztextileexport” MChJ — ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi bo‘lib, uning asosiy faoliyati to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: (+99871) 202-22-44 (401)
“Textile Standard Services” — to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari hamda xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro sertifikatlashtirish, marketing, eksport va ishlab chiqarish quvvatlari sohasida hamkorlik qiluvchi konsalting kompaniyasi. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: (+99871) 202-22-44 (110, 161)
“To‘qimachilik mahsulotlari reklama va marketingi agentligi” MChJ ko‘rgazma va ekspozitsiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, mahalliy korxonalarni xalqaro maydonda targ‘ib qilish, savdo kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini namoyish etishga ixtisoslashgan. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: +998 71 202 22 44 (249; 251; 252)
“Sharq liboslari dizayn markazi” MChJ — “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi qoshida faoliyat yurituvchi, zamonaviy liboslar ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: (+99871) 202-22-44 (239)
“Yengilsanoatqurilish” MChJ yengil, jumladan, to‘qimachilik va boshqa sanoat tarmoqlari uchun sanoat obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga ixtisoslashgan. Batafsil ma’lumot…
Bog‘lanish uchun telefonlar: (+99871) 202-22-44 (234).
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT