Tadbirkorlik subyektlari tomonidan Uyushma a’zoligiga kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi ishtirokchilarining 2019 yil 19 apreldagi majlisi Bayonnomasi bilan tasdiqlangan Tartibning 3-bandiga asosan, korxona Uyushma tarkibiga birlashgan a’zo sifatida qabul qilinishi uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar
RO‘YXATI:
- tashkilot murojaat xati;
- namuna shaklida korxona pasporti;
- tashkilotning Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ta’sis hujjatlari nusxasi (barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birgalikda);
- so‘nggi hisobot davri bo‘yicha buxgalteriya balansi nusxasi;
- o‘rnatilgan uskunalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot (ilova qilingan namuna shaklida).
- tashkilot rahbarini tayinlash haqidagi qaror yoki buyruq nusxasi, mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- korxonada mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha kamida bir yilga mo‘ljallangan – biznes-reja nusxasi;
- tashkilot tomonidan bojxona imtiyozi asosida import qilinadigan mahsulotlar to‘g‘risida alohida ma’lumot (ilova qilingan namuna shaklida);
- ta’sischining uyushma tarkibiga kirish to‘g‘risidagi qarori, yozma roziligi (bayonnoma),
- fotomateriallar (6-10 dona) ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar va bino-inshoot ko‘rinishi bo‘yicha.
- bino-inshoatlar ijara asosida foydalanilgan taqdirda ijara shartnomasi nusxasi.
- bino-inshoatlar korxonaga tegishli bo‘lganda kadastr hujjati nusxasi. (tegishli 2-3 varaqda)
ESLATMA
Murojaat xati – «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi raisi I.U.Xaydarov nomiga yoziladi.
Ta’sis hujjatlari – Guvohnoma, Ustav va ta’sis shartnomasini tashkil etadi.
Buxgalteriya balansi – DSI tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi nazarda tutilmoqda.
o‘rnatilgan uskunalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot – jadval tarzida bayon etilishi lozim. Masalan,
| Nomi | Modeli | Ishlab chiqarilgan vaqti | Ishlab chiqarilgan davlati | Miqdori | Quvvati | Texnik holati |
| Paypoq to‘quv stanogi | BENTLEY KOMET | 2011 yil | Angliya | 3 ta | 15
Juft/soat |
Soz (nosoz) |
Tashkilot tomonidan bojxona imtiyozi asosida import qilinadigan mahsulotlar to‘g‘risida alohida ma’lumot – jadval tarzida bayon etilishi lozim. Masalan,
| № | Nomi | Ulchov birligi | Hajmi | Kod TN VED | Xomashyoni qayta ishlash davri |
| 1 | Parafin | Ming tonna | 0,9 | 2712 20 900 0 | 6 oy |
NAMUNA
| «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi boshqaruv raisi I.U.Xaydarovga |
№
Sana:
Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, O‘zbekiston ko‘chasi 5-uy joylashgan « » MChJni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi a’zoligiga qabul qilinishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi ustavi bilan tanishganman va ustav talablariga rioya qilaman.
« » MChJ
direktori FIO
tel.:
NAMUNA
«BEK TURG‘UN TEKS» MChJ to‘g‘risida ma’lumot:
| № | Ko‘rsatkichlar | Ma’lumot |
| 1 | Korxonaning to‘liq yuridik nomi va mulkchilik shakli: | «BEK TURG‘UN TEKS» MChJ |
| 2 | Korxona tashkil topgan vaqt va ro‘yxatdan o‘tgan raqami: | 2013-yil 04 mart № 004347-07 |
| 3 | Xizmat ko‘rsatuvchi bank: | CHEKI AT «Savdogarbank» |
| 4 | Korxonaning rahbari: | Utaganova Nodira Inoyatovna |
| 5 | Korxonaning rahbarining telefon raqami | 98-124-11-02 |
| 6 | El. pochta: Telegram raqami: | Bityuczkaya64@mail.ru, 97-400-23-19 |
| 7 | Nizom jamg‘armasi: | 12900000( o‘n ikki million to‘qqiz yuz ming) so‘m |
| 8 | Ta’sischilar%: | 59%-Utaganova Nodira Inayatovna, 41%-Mamatraximov Fozil Abdusamadovich |
| 9 | Kod OKONX, OKED, STIR: | 17210, 14140 , 302526704 |
| 10 | Umumiy yer maydoni: | 812 kv m |
| 11 | Ishlab chiqarish maydoni: | 142.75 kv.m. |
| 12 | Korxonaning yuridik manzili: | Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Alimkent ko‘chasi 31-uy |
| 13 | Korxonaning ishlab chiqarish hududi manzili: | Zangiota tumani, .Erkin QFY S.Najimov ko‘chasi 45-uy |
| 14 | Korxonaning ishlab chiqarish binosi mavjudligi yoki ijara shartnomasi asosidaligi to‘g‘risida | Korxonaning o‘z mulki |
| 15 | * Faoliyat turi (asosiy va qo‘shimcha): | Tikuvchilik |
| 16 | O‘rnatilgan dastgohlar (nomi va soni va ishlab chiqarilgan yili) | 45 dona (JUITA-2016-17-yillar) to‘g‘ri chok, rasposhivalki, va boshqalar. |
| 17 | Ishlab chiqariladigan mahsulot nomi: | Erkaklar va ayollar kiyimlari Futbolki, Djemper, kofta |
| 18 | Yillik ishlab chiqarish quvvati, undan foydalanish darajasi%: | Yiliga 20 ming dona,90% |
| 19 | Ishchilar soni: | 25 |
| 20 | O‘rtacha ish haqqi: | 500 ming so‘m |
| 21 | Zarur bo‘lgan asosiy xom-ashyosi (o‘rtacha yillik hajmi, nomi): | Trikotaj mato |
| 22 | 2018 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmi so‘m | 121 500 000 so‘m |
| 23 | 2019 yil yanvar-……. oylarida ishlab chiqarilgan mahsulot soni (ming dona, tonna, mln so‘m) | 12 400dona |
| 24 | 2019 yil yanvar-…….. oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotni so‘mdagi narxi (ming so‘m) | 159 200 so‘m |
| 25 | 2018 yilda amalga oshirilgan eksport: (mln AQSH dollari) | 150 ming AQSH dollari |
| 26 | Bajarilgan import (imtiyoz asosida olib kirilgan xom ashyo bo‘yicha) | 50 ming AQSH dollari |
| Bajarilgan import (imtiyoz asosida olib kirilgan xom ashyodan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar bo‘yicha) | 2,0 mlrd so‘m |
* ip kalava, trikotaj mato, vata prima, tikuv mahsulotlari, tikuv trikotaj mahsulotlari, bo‘yash, pardozlash, tekstil galanteriyasi va aksessuarlari va boshqa faoliyatlar.
Muhr Imzo
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT