Tadbirkorlik subyektlari tomonidan Uyushma a’zoligiga kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi ishtirokchilarining 2019 yil 19 apreldagi majlisi Bayonnomasi bilan tasdiqlangan Tartibning 3-bandiga asosan, korxona Uyushma tarkibiga birlashgan a’zo sifatida qabul qilinishi uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar

RO‘YXATI:

  • tashkilot murojaat xati;
  • namuna shaklida korxona pasporti;
  • tashkilotning Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ta’sis hujjatlari nusxasi (barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birgalikda);
  • so‘nggi hisobot davri bo‘yicha buxgalteriya balansi nusxasi;
  • o‘rnatilgan uskunalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot (ilova qilingan namuna shaklida).
  • tashkilot rahbarini tayinlash haqidagi qaror yoki buyruq nusxasi, mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • korxonada mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha kamida bir yilga mo‘ljallangan – biznes-reja nusxasi;
  • tashkilot tomonidan bojxona imtiyozi asosida import qilinadigan mahsulotlar to‘g‘risida alohida ma’lumot (ilova qilingan namuna shaklida);
  • ta’sischining uyushma tarkibiga kirish to‘g‘risidagi qarori, yozma roziligi (bayonnoma),
  • fotomateriallar (6-10 dona) ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar va bino-inshoot ko‘rinishi bo‘yicha.
  • bino-inshoatlar ijara asosida foydalanilgan taqdirda ijara shartnomasi nusxasi.
  • bino-inshoatlar korxonaga tegishli bo‘lganda kadastr hujjati nusxasi. (tegishli 2-3 varaqda)

ESLATMA

Murojaat xati – «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi raisi I.U.Xaydarov nomiga yoziladi.

Ta’sis hujjatlari – Guvohnoma, Ustav va ta’sis shartnomasini tashkil etadi.

Buxgalteriya balansi – DSI tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi nazarda tutilmoqda.

o‘rnatilgan uskunalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot – jadval tarzida bayon etilishi lozim. Masalan,

Nomi Modeli Ishlab chiqarilgan vaqti Ishlab chiqarilgan davlati Miqdori Quvvati Texnik holati
Paypoq to‘quv stanogi BENTLEY KOMET 2011 yil Angliya 3 ta 15

Juft/soat

Soz (nosoz)

Tashkilot tomonidan bojxona imtiyozi asosida import qilinadigan mahsulotlar to‘g‘risida alohida ma’lumot – jadval tarzida bayon etilishi lozim. Masalan,

№ Nomi Ulchov birligi Hajmi Kod TN VED Xomashyoni qayta ishlash davri
1 Parafin Ming tonna 0,9 2712 20 900 0 6 oy

NAMUNA

«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi boshqaruv raisi I.U.Xaydarovga

№

Sana:

Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, O‘zbekiston ko‘chasi 5-uy joylashgan « » MChJni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi a’zoligiga qabul qilinishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi ustavi bilan tanishganman va ustav talablariga rioya qilaman.

« » MChJ

direktori FIO

tel.:


NAMUNA

«BEK TURG‘UN TEKS» MChJ to‘g‘risida ma’lumot:

№ Ko‘rsatkichlar Ma’lumot
1 Korxonaning to‘liq yuridik nomi va mulkchilik shakli: «BEK TURG‘UN TEKS» MChJ
2 Korxona tashkil topgan vaqt va ro‘yxatdan o‘tgan raqami: 2013-yil 04 mart № 004347-07
3 Xizmat ko‘rsatuvchi bank: CHEKI AT «Savdogarbank»
4 Korxonaning rahbari: Utaganova Nodira Inoyatovna
5 Korxonaning rahbarining telefon raqami 98-124-11-02
6 El. pochta: Telegram raqami: Bityuczkaya64@mail.ru, 97-400-23-19
7 Nizom jamg‘armasi: 12900000( o‘n ikki million to‘qqiz yuz ming) so‘m
8 Ta’sischilar%: 59%-Utaganova Nodira Inayatovna, 41%-Mamatraximov Fozil Abdusamadovich
9 Kod OKONX, OKED, STIR: 17210, 14140 , 302526704
10 Umumiy yer maydoni: 812 kv m
11 Ishlab chiqarish maydoni: 142.75 kv.m.
12 Korxonaning yuridik manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Alimkent ko‘chasi 31-uy
13 Korxonaning ishlab chiqarish hududi manzili: Zangiota tumani, .Erkin QFY S.Najimov ko‘chasi 45-uy
14 Korxonaning ishlab chiqarish binosi mavjudligi yoki ijara shartnomasi asosidaligi to‘g‘risida Korxonaning o‘z mulki
15 * Faoliyat turi (asosiy va qo‘shimcha): Tikuvchilik
16 O‘rnatilgan dastgohlar (nomi va soni va ishlab chiqarilgan yili) 45 dona (JUITA-2016-17-yillar) to‘g‘ri chok, rasposhivalki, va boshqalar.
17 Ishlab chiqariladigan mahsulot nomi: Erkaklar va ayollar kiyimlari Futbolki, Djemper, kofta
18 Yillik ishlab chiqarish quvvati, undan foydalanish darajasi%: Yiliga 20 ming dona,90%
19 Ishchilar soni: 25
20 O‘rtacha ish haqqi: 500 ming so‘m
21 Zarur bo‘lgan asosiy xom-ashyosi (o‘rtacha yillik hajmi, nomi): Trikotaj mato
22 2018 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmi so‘m 121 500 000 so‘m
23 2019 yil yanvar-……. oylarida ishlab chiqarilgan mahsulot soni (ming dona, tonna, mln so‘m) 12 400dona
24 2019 yil yanvar-…….. oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotni so‘mdagi narxi (ming so‘m) 159 200 so‘m
25 2018 yilda amalga oshirilgan eksport: (mln AQSH dollari) 150 ming AQSH dollari
26 Bajarilgan import (imtiyoz asosida olib kirilgan xom ashyo bo‘yicha) 50 ming AQSH dollari
Bajarilgan import (imtiyoz asosida olib kirilgan xom ashyodan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar bo‘yicha) 2,0 mlrd so‘m

* ip kalava, trikotaj mato, vata prima, tikuv mahsulotlari, tikuv trikotaj mahsulotlari, bo‘yash, pardozlash, tekstil galanteriyasi va aksessuarlari va boshqa faoliyatlar.

Muhr Imzo