Qadimiy Samarqand shahrida 2024-yil 8–10-sentabr kunlari tarixda ilk bor dunyodagi ikkita yirik xalqaro to‘qimachilik federatsiyasi — Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi — ITMF va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi — IAFning Qo‘shma konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Dunyoning eng go‘zal va qadimiy shaharlaridan biri, tarix va zamonaviylik chorrahasi — Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ushbu olamshumul tadbirda siz qulay tarzda ishtirok etishingiz mumkin.

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlari uchun vizasiz rejim, sentabr oyidagi yoqimli ob-havo, O‘zbekiston quyoshi ostida pishgan meva va sabzavotlar mavsumi tashrifingiz hamda konferensiyadagi ishtirokingizni unutilmas voqeaga aylantiradi.

ITMF va IAF Qo‘shma konferensiyasi doirasida, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida, biznes tashriflari davomida to‘qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishish, ko‘rgazmalarda nafaqat o‘zbek, balki boshqa davlatlar mahsulotlarini ko‘rish hamda B2B va B2C uchrashuvlarida aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

 

Jahon to‘qimachilik hamjamiyatining bir qismi sifatida siz to‘qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishning global muammolarini hal qilishga hissa qo‘shasiz. Biz sizni kutmoqdamiz!

Ro‘yxatdan o‘tish

"*" indicates required fields

Ism va familiya*
DD dash MM dash YYYY
Manzil*
This field is for validation purposes and should be left unchanged.

Konferensiyada ishtirok etish narxi 4.900 000 so‘m!