Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram vatandoshlar! Avvalo, siz azizlarni, koʻpmillatli butun xalqimizni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma toʻqqiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayni paytda ushbu tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, shuningdek, uylarida “oynai jahon” orqali tomosha qilayotgan, mening tabrik soʻzlarimni eshitib turgan moʻtabar otaxon va onaxonlarimizga, munis opa-singillarimizga, aziz yoshlarimizga, barcha-barcha yurtdoshlarimga oʻzimning yuksak…