Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram vatandoshlar! Avvalo, siz azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayni paytda ushbu tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, shuningdek, uylarida “oynai jahon” orqali tomosha qilayotgan, mening tabrik so‘zlarimni eshitib turgan mo‘’tabar otaxon va onaxonlarimizga, munis opa-singillarimizga, aziz yoshlarimizga, barcha-barcha yurtdoshlarimga o‘zimning yuksak…