Oʻzbekistonda transformer paxta terish mashinasi chiqarilmoqda

10-sentyabr kuni “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJda CNHI (AQSH) kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan TZST CE 220 paxta terish mashinasi OAV vakillariga namoyish etildi. Mazkur CE 220 paxta terish mashinasi transformer shaklida ishlab chiqarilayotgan boʻlib, kuzgi mavsumda paxta terishga ixtisoslashadi, qolgan vaqtda universal-haydov traktori sifatida foydalanish imkonini beradi. Ushbu yangi avlod paxta terish mashinasi ish…