10-sentyabr kuni “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJda CNHI (AQSH) kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan TZST CE 220 paxta terish mashinasi OAV vakillariga namoyish etildi.
Mazkur CE 220 paxta terish mashinasi transformer shaklida ishlab chiqarilayotgan boʻlib, kuzgi mavsumda paxta terishga ixtisoslashadi, qolgan vaqtda universal-haydov traktori sifatida foydalanish imkonini beradi.
Ushbu yangi avlod paxta terish mashinasi ish unumdorligi kuniga 20 tonnagacha boʻlib, 400 nafar terimchi oʻrnini bosa oladi.
Bu mashina Oʻzbekistonda toʻliq mahalliylashtirilgan holda ishlab chiqarilmoqda.
Yil oxiriga qadar bunday mashinalardan 550 ta ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Солижон Зоиров,
муаллиф олган суратлар
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT























