“Merganteks” rahbari: “Bu e’tirof biz uchun katta sharaf”

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlarining bir guruh vakillariga minnatdorlik tabriknomalari topshirildi. Buxoro viloyatidagi “Merganteks” paxta to‘qimachilik klasteri rahbari Ibrohim Hamroyev “Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor” sifatida taqdirlandi. Muxbirimiz uning fikrlarini yozib oldi. – Faoliyatimizni 1993 yilda 3 kishi boshlaganmiz. Ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga joriy yilda ishchilar sonini 1,5 mingga yetkazishni…