“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi: Shri-Lanka oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlaridan batik ishlab chiqarishda foydalanadi

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasida Shri-Lankaning Batik, qoʻlda ishlangan toʻqimachilik va kiyim-kechak vaziri Dayasiri Jayasekara bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv xorijiy partiya tashabbusi bilan tashkil etildi. Delegatsiyani “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildilar. Toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini loyihalash, ishlab chiqarish va eksport qilish Shri-Lankadagi eng yirik tarmoqlardan biri boʻlib, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim oʻrin…

Oʻzbekiston-Xitoy: yutuqlar va yangi loyihalar

Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumida toʻqimachilik sanoatidagi hamkorlikka alohida urgʻu berildi. 24-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan Oʻzbekiston va Xitoy davlat idora vakillari va nufuzli tadbirkorlar ishtirokida biznes forum boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 30 yilligiga bagʻishlandi. Tadbirda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining birinchi oʻrinbosari Davron Vaxabov qatnashdi…