Oʻzbekiston-Xitoy biznes forumida toʻqimachilik sanoatidagi hamkorlikka alohida urgʻu berildi.
24-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan Oʻzbekiston va Xitoy davlat idora vakillari va nufuzli tadbirkorlar ishtirokida biznes forum boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 30 yilligiga bagʻishlandi.
Tadbirda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining birinchi oʻrinbosari Davron Vaxabov qatnashdi va Respublikamiz toʻqimachilik sohasining salohiyati borasida taqdimot oʻtkazildi, shu jumladan, toʻqimachilik va tikuv – trikotaj mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi davlatlar orasida Oʻzbekiston yuqori reytingga ega boʻlib turganligi va eksport tovarlar nomenklaturasida yigirilgan ip – kalavadan tortib tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonlarni oʻz ichiga olganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.
Jumladan, bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi investorlari tomonidan toʻqimachilik sanoatida 33 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilgan boʻlib, soʻngi 4 yilda 12 ta yirik loyihalar amalga oshirilishi natijasida 500 mln.dollardan ortqi investitsiyalar kiritildi va 6000 ziyod yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Xitoy oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarining asosiy isteʼmolchisi boʻlib qolmoqda, 2020-yilda 400 mln.dollardan ortiq mahsulot Xitoy bozoriga yetkazib berilgan. Istiqbolda oʻndan ortiq yangi loyihalar amalga oshirilishi belgilanganligi taʼkidlab oʻtildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



