Oddiy oilaviy chevarchilikdan xalqaro eksportchi korxonagacha

Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Asror Tekstil Sanoat” korxonasi bugun yuzlab ish o‘rinlari yaratgan va dunyoning nufuzli brendlariga mahsulot yetkazib berayotgan zamonaviy tikuvchilik korxonalaridan biriga aylandi. Korxona o‘z faoliyatini 1986-yilda oddiy oilaviy chevarchilik asosida, ustoz-shogird an’analariga tayangan holda boshlagan. 2008-yilga kelib korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan…