“Uzbek Textile Mission Moscow 2026” xalqaro biznes missiyasiga taklif

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda EXPOGATE kompaniyasi O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini “Uzbek Textile Mission Moscow 2026” xalqaro biznes missiyasida ishtirok etishga taklif etadi. Biznes missiyasi 2026-yil 20–24-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Cosmos Moscow Paveletskaya Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini Rossiyaning yirik xaridorlari, distribyutorlari hamda soha vakillari bilan…