“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda EXPOGATE kompaniyasi O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini “Uzbek Textile Mission Moscow 2026” xalqaro biznes missiyasida ishtirok etishga taklif etadi.
Biznes missiyasi 2026-yil 20–24-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Cosmos Moscow Paveletskaya Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini Rossiyaning yirik xaridorlari, distribyutorlari hamda soha vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash, yangi eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish va uzoq muddatli biznes hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Biznes missiyasi dasturi doirasida Rossiya tekstil bozori tahlili, yirik xaridorlar va distribyutorlar bilan B2B uchrashuvlar, Moskva Savdo-sanoat palatasi hamda tarmoq tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar, mahsulotlarga qiziqish bildirgan kompaniyalar bilan matchmaking uchrashuvlari hamda eksport shartnomalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy muloqotlar tashkil etiladi.
Biznes missiyasida ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar ishtirokchi korxonalar tomonidan qoplanadi. Ishtirokchilar soni cheklangan.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
+998 97 414 99 90
+998 99 000 07 40
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



