Ilgari xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillari tarmoqlar salohiyatini oʻrganmoqdalar. Joriy yilning 5-yanvar kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari va savdo maslahatchilari hamda toʻqimachilik sanoati vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etdi.
Shuni taʼkidlash kerakki, diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan sanoat tashkilotlari oʻrtasida bunday uchrashuv birinchi marta oʻtkazilmoqda. 15 dan ortiq elchilar va savdo maslahatchilari Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatining salohiyati, sohaning soʻnggi yillarda erishgan yutuqlari bilan tanishdilar.
Uchrashuv yangi maʼlumotlar va muhokamalarga boy boʻldi. Xususan, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi har bir xorijiy mamlakat uchun hamkorlikka eʼtibor qaratgan holda ushbu sohaning taqdimotini tayyorladi. Diplomatlar esa uz navbatida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, xorijiy kompaniyalar bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil qilishdagi muammolar va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari haqida soʻzlab berishdi.
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan sohada ikki tomonlama kooperatsiyani rivojlantirish boʻyicha takliflarini taqdim etdi, xususan:
- Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
- toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon doiralari bilan yaqin hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirish (chet ellik xaridorlar, ishlab chiqaruvchilar, savdo kompaniyalari, chakana savdo va boshqalar).
- Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida mahsulotlarni xalqaro brendlarning buyurtmalarini shakllantirish (soha korxonalari bilan tanishish uchun ularning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish boʻyicha faol siyosatni joriy etish orqali).
- marketing, nou-xau va innovatsiyalar sohasida treninglar oʻtkazish, xususan toʻqimachilik sanoatida raqamli transformatsiya strategiyasi boʻyicha tajriba almashish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. – moliya institutlarini jalb qilish (kreditlar, grantlar berish, texnik koʻmak).
- Oʻzbekistondagi toʻqimachilik sanoati imkoniyatlarini keng yoritish uchun ayrim xorijiy davlatlarning hududlarida doimiy koʻrgazma zallarini, shuningdek “Uztukimachiliksanoat” uyushmasining (Xitoy, Germaniya, Turkiya) vakolatxonalarini ochish.
- ayrim mamlakatlar hududlarida (Turkmaniston, AQSH, Misr, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Pokiston) bojxona toʻlovlarini kamaytirish.
- bir qator sanoat assotsiatsiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va yirik kompaniyalardan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
- toʻqimachilik va tikuvchilik va trikotaj sanoatida ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar va sertifikatlashtirish markazlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekistonda tajriba loyihalarini amalga oshirishga xorijiy sertifikatlashtirish idoralari, tashkilotlari va kompaniyalarini jalb qilishga koʻmaklashish.
Davra suhbati yakunlari boʻyicha tomonlar belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha keyingi qadamlar toʻgʻrisida kelishib oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








