Maʼlumki, 2020-yil 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan murojaatnomasida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir strategik maqsadlar qamrab olingan boʻlib, uzoq muddatli ustuvor vazifalar taʼkidlab oʻtildi.
Murojaatnomaning asl mazmun-mohiyatini “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tizimi rahbar va xodimlariga toʻliq yetkazish yetkazish maqsadida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Seminarda Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiyani instituti dekani Umarov Jamshid Hasanovich tomonidan Davlatimiz rahbarining ushbu Murojaatnomasida koʻzda tutilgan ustuvor vazifalar, ularni ijro etish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq dasturlar va chora-tadbirlar toʻgʻrisida uyushma tizimi xodimlariga sermazmun taqdimot oʻtkazildi.
Murojaatnomada bayon etilgan sanoat, qishloq xoʻjaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat, investitsiya, taʼlim, sport, servis va xizmat koʻrsatish, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohalarida erishilgan salmoqli yutuqlar tendensiyalarini uzluksiz davom ettirish hamda aholi farovonligini yana-da oshirish maqsadida, 2021-yilda – “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da bu boradagi ishlar koʻlamini yana-da kengaytirish boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar, shu jumladan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi zimmasiga yuklatilgan muhim topshiriqlar yuzasidan seminar ishtirokchilariga batafsil maʼlumotlar berildi.
Murojaatnomada belgilab olingan strategik maqsadlarga erishish boʻyicha 2021-yil uchun ishlab chiqilgan Davlat dasturi loyihasi haqida axborotlar berildi.
Shu bilan birga, Murojaatnomada mamlakatimiz toʻqimachilik sanoati sohalarini yana-da rivojlantirish boʻyicha belgilangan barcha ustuvor vazifalarning ijrosi soʻzsiz va sifatli hamda oʻz muddatlarida taʼminlanishi, ushbu yoʻnalishlarda Uyushma tomonidan zaruriy chora-tadbirlar belgilanganligi hamda ularning bajarilishini izchil va samarali tashkillashtirish yuzasidan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va unga aʼzo korxonalar tomonidan tizimli ravishda ishlar olib borilayotganligi eʼtirof etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT







