“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan koʻp yillik samarali mehnati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki bilan yurt ravnaqi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshayotgan toʻqimachilik sanoati korxonalarining eng namunali xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash yuzasidan takliflar tayyorlanmoqda.
Davlat mukofotlariga tavsiya qilinayotgan har bir nomzodni tanlashda adolat, xolislik va qonuniylikni taʼminlash hamda tegishli mehnat jamoalarining fikrini inobatga olgan holda, har tomonlama munosib boʻlgan nomzodlarni tavsiya qilishga alohida eʼtibor berilishi lozim.
Siz rahbarlik qilayotgan korxona faoliyatiga salmoqli hissa qoʻshayotgan toʻqimachilik va jamoat tashkilotlarining eng namunali xodimlari nomzdodlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Uyushmaning Kadrlar va taʼlim muassasalari bilan ishlash boshqarmasiga 2022-yil
20-martgacha viloyat va tuman xokimiyat organlari bilan kelishilgan holda nomzodlar boʻyicha takliflaringizni yoʻllashingizni soʻraymiz.
Maʼlumot uchun telefonlar: (71) 202-22-44 (ichki 147), 90 976 31 72
E-mail: s.odinayev@uzts.uz
Odinayev Sardor Raximjanovich
Davlat mukofotlariga tavsiya etiladigan har bir nomzod uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Mukofot varaqasi (rangli, A3 formatda);
- Maʼlumotnoma (obyektivka, rangli);
- Tavsifnoma (annotatsiya);
- Fuqaro pasport nusʼhasi (rangli);
- Fotosurat (9×12 xajmda, oq fonda) – 2 dona;
- Mehnat jamoasining bayonnomasidan koʻchirma;
- Soha korxonalaridan tavsiya etilgan nomzodlar uchun “Korxona pasporti” va soʻnggi uch yillik koʻrsatkichlar jadvali;
- Hujjatlarning elektron nusxasi;
- Har bir tashkilotdan 2 tadan nomzod.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



