“To‘qimachilik haftaligi” doirasida O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Gesamtmasche bilan hamkorlikda Farg‘ona shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi o‘quvchilari uchun “Fashion & Retail” maxsus treningini tashkil etdi.
Qayd etish joizki, Gesamtmasche Germaniyaning milliy va xalqaro miqyosda trikotaj, ichki kiyim va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini himoya qiladi hamda o’zbek tadbirkorlarga jahon bozorlariga chiqishda ko‘maklashish bo‘yicha konsalting va trening xizmatlarini ko’rsatishda uyushmaning hamkori.
To‘qimachilik korxonalari bilan mashhur Farg‘ona vodiysida bunday o‘quv mashg‘ulotlari bejiz o‘tkazilmagan. Ma’lumki, nemis ishlab chiqaruvchilari Farg’ona viloyatiga bir necha bor tashrif buyurishgan va uni hamkor va to’qimachilik markazi sifati yuqori baxolashadi.
Treningda taniqli dizayner, shuningdek, Germaniya dizaynerlari assotsiatsiyasi prezidenti Rene Lang o‘zining “An’anaviy o‘zbek mato naqshlarini chizish, bo‘yash, qayta ko‘rib chiqish” mavzusidagi taqdimotida ishtirokchilarga mustaqil ravishda naqsh yaratish imkonini berdi.
#TashkentTextileWeek_2023
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



