2022-yil 9-aprel kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekistonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari rahbarlarini jalb etgan holda “Tadbirkorlikni to‘g‘ri boshlash va uni rivojlantirish” mavzusida seminar o’tkaziladi.
Tadbir doirasida “Uztex Chirchiq”, “Bakan tekstil” kabi korxonalar bo‘ylab tur o‘tkaziladi.
Seminar maqsadi har bir mutaxassis va talabani
- samarali biznes boshlash va biznesni to’g’ri boshqarish vositalari
- yirik ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirishdan iborat.
Seminar ma’ruzachilari:
Ilhom Xaydarov – “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi
Murod Yakubov – “TTG” korxonasi rahbari
Hakimov Jamshid – “Arnasoy Gold” korxonasi rahbari
Sherzod Beknazarov – “Yaskanamu textile” korxonasi bosh direktori
Seminarda qatnashih bepul. Manzil: Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi 30, Uz-Kor To’qimachilik Texnoparki.
Treninga registrasiya qilish va qo’shimcha ma’lumotlar uchun
telefon raqam +99897 454-04-84
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



