“Har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz.” – Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznessni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Yoshlarning xuquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, o‘z qoilyati va isteʼdodini ro‘yyobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratishga ahamiyat berilgan. Shu bilan birga, Davlat rahbarining yoshlarimizga alohida eʼtibor va g‘amho‘rlikgi tufayli sohada mutlaqo yangi tizim yaratib, yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning intelektual, ijodiy va boshqa yo‘nalshdagi salohiyatini kamol toptirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha Uyushma rahbariyati hamda yoshlar jamosi o`rtasida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Bu shakldagi uchrashuvdan maqsad Uyushma yoshlarini bayram bilan tabriklash bilan bir qatorda shaxsiy rivojlanish hamda to`qimachilik sohasini yanada yuksaltirish yo`lida taklif va fikr-mulohazalarni eshtishdan iborat bo`ldi.
Uchrashuv davomida rahbariyat tomonidan yoshlarga yanada keng imkoniyatlar yaratib berish maqsadida takliflar tinglandi va ushbu takliflar asosida keyingi rejalarini aniqlash vazifalari berildi.
Hozirgi kunda “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasida jami 25 nafar yosh hodimlar faoliyat yuritib kelmoqda, shulardan 4 nafar yosh xodim rahbar vazifasida ishlaydi. Shu bilan bir qatorda Uyushma rahbariyati tomonidan yoshlarni 1Fit abonementlari orqali sport mashg‘ulotlar bilan shug`ullanishlari, malaka oshirish kurslari, sohada tashkil etilayotgan turli seminar-treninglar, biznes uchrashuvlarda qatnashish va madaniy xordik (teatr, konsert, dam olish maskanlari) chiqarishlari uchun amaliy yordamlar berib kelinmoqda. Joriy yilda Uyushmaning 6 nafar yosh hodimi xorijiy davlatlarda malaka oshirib qaytishdi.

O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



