«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan IX Xitoy–Yevrosiyo EXPO–2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan kooperatsiya uchrashuvida ishtirok etdi.
🔹 Tadbir davomida Xitoyning davlat tashkilotlari, tarmoq uyushmalari hamda biznes vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, to‘qimachilik sanoatida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
🔹 Shuningdek, 30 dan ortiq Xitoyning to‘qimachilik korxonalari bilan muzokaralar tashkil etilib, o`zaro savdo aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo`nalishida kooperatsiyani kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Tashrif yakunida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamda Shinjon ishlab chiqarish va qurilish Birinchi korpusi qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.


O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



