“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillarining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida “Shaoxing Huangxi Intelligent Group” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya tarkibida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda yirik to‘qimachilik korxonalari vakillari ham ishtirok etdi. Tadbir davomida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Djumaniyazov Muxammadjon Baxramovich tomonidan mamlakatimiz to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati salohiyati hamda ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
⏺️ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik yangilash;
⏺️xomashyoni chuqur qayta ishlash darajasini oshirish;
⏺️yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
⏺️ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish;
⏺️eksport salohiyatini oshirish va yangi bozorlarni diversifikatsiya qilish.
✅Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar texnologiyalar transferi, tajriba almashish hamda ikki davlat korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT






