Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif doirasida delegatsiya to‘qimachilik mahsulotlarini bo‘yash va chop etishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Korxonaga tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilgan avtomatlashtirish va raqamlashtirish tizimlari, jumladan “Shaoxing Huangxi Intelligent Group” kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilgan raqamli monitoring panellari hamda boshqaruv tizimlari o‘rganildi.Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirilib, bo‘yash, chop etish va yakuniy ishlov berish bosqichlari bilan tanishildi.
Mazkur korxonada 378 nafar xodim faoliyat yuritib, yillik daromadi 50 mln AQSh dollaridan oshiqni tashkil etadi. Korxona zamonaviy bo‘yash va chop etish texnologiyalari asosida tikuvchilik sanoati uchun keng turdagi matolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
🌐Muzokaralar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✔️O‘zbekiston korxonalarida zamonaviy bo‘yash va chop etish texnologiyalarini joriy etish istiqbollari;
✔️ Qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish;
✔️kooperatsion aloqalarni rivojlantirish va ikki davlat korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
✅Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT





