“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari tomonidan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida qator xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuv va muzokaralar olib borildi.
🔹 Xususan, Saudiya Arabistonining Alkhorayef Water & Power Technologies Co. kompaniyasi vakillari bilan to‘qimachilik korxonalarida zamonaviy suv tozalash inshootlari hamda oqava suvlarni kompleks tozalash yechimlarini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
🔹 Rossiyaning “KAUS” kadrlar agentligi vakillari bilan soha korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlarini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹 Shuningdek, Markaziy Osiyodagi Germaniya iqtisodiyoti vakillari (AHK) bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nemis kompaniyalari, bayerlar, buyurtmachilar va sourcing-kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini xalqaro bozorlarda ilgari surish, savdo uylari hamda ombor infratuzilmasini tashkil etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Muzokaralar yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



