«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi vakillari tomonidan Aksu To‘qimachilik sanoat parki delegatsiyasi hamda ushbu park hududida faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida Xitoy vakillari tomonidan 5 400 gektar maydonda joylashgan va qariyb 350 ta to‘qimachilik korxonasini birlashtirgan sanoat parkining salohiyati haqida ma’lumot berildi.
Park korxonalarining yillik ishlab chiqarish quvvatlari:
• 350 ming tonna ip-kalava;
• 200 million pogon metr mato;
• 150 ming tonna trikotaj mato;
• 4 milliard dona tayyor mahsulot.
Uchrashuvda quyidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi:
– mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan ip-kalavani xarid qilish hamda banklar balansidagi yigiruv korxonalarini xitoylik investorlar bilan hamkorlikda faoliyatini qayta tiklash;
– sintetik va aralash matolarni O‘zbekistonga yetkazib berish, ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda Yevropa Ittifoqi bozorlariga eksport qilish;
– mamlakatimizda zamonaviy bo‘yoq va pardozlash (finishing) korxonalarini tashkil etish.


Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlar almashish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



