Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan “Boyovut techno Cluster“ Xitoyning suv tejaydigan irrigatsiyaga ixtisoslashtirilgan Xinjiang Tianye kompaniyasi Oʻzbekistonga qoplovchi plyonkani qoʻllagan holda tomchilatib sugʻorib beradigan texnologiyalarni yetkazib berdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar qilmoqda.
Mazkur texnologiya qishloq xoʻjaligi sohasida zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarni namoyish etish boʻyicha Xitoy-Oʻzbekiston markazi doirasida taqdim etildi, undan Sirdaryo viloyatidagi 406,7 gektar paxta maydonlarida foydalaniladi.
Ushbu loyiha yil boshidan ishga tushirildi. Fevral oyi oxirida XXRdan Sirdaryoga tegishli asbob-uskunalar va qishloq xoʻjaligi texnikalari yetkazib berildi. Ularni oʻrnatishga esa bir yarim oy vaqt sarflandi.
Xitoy texnologiyasi sharofati bilan chigit nihollari anʼanaviy sugʻurish usullaridan foydalanish bilan taqqoslaganda 5-6 kun avval boʻy choʻzgan.
Ayni chogʻda loyiha asosida ushbu texnologiya bilan qamrab olinadigan hududlar kengaytiriladi, texnik ekspluatatsiya boʻyicha mahalliy mutaxassislarni oʻqitish ham rejalashtirilmoqda.
Xinjiang Tianye kompaniyasi suvni tejaydigan uskunalar ishlab chiqarish sohasida XXRdagi eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



