Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5996-sonli Farmoniga asosan yuridik shaxslar uchun yer va mol-mulk soligʻi imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha joriy yilning 1-iyuniga qadar:
– 2020-yil uchun taqdim etilgan yer soligʻi hisob-kitobi;
– 2020-yil uchun mol-mulk soligʻi joriy toʻlovi maʼlumotnomasida soliq imtiyozini qoʻllagan holda elektron tarzda aniqlashtirilgan hisobot (maʼlumotnoma) taqdim qilishingiz lozim.
Soliq imtiyozlarini qoʻllagan holda aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etish yuzasidan ishlab chiqilgan qoʻllanmadan foydalaning.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yil 1-iyundan 1-sentyabrga qadar:
– kichik tadbirkorlik subyektlari;
– bozorlar va savdo komplekslari;
– kinoteatrlar;
– umumiy ovqatlanish korxonalari;
– jamoat transporti korxonalari;
– sport-sogʻlomlashtirish muassasalari;
– yoʻlovchi tashish;
– maishiy xizmatlar koʻrsatish;
– binolarni, shu jumladan banketlar oʻtkazish uchun ijara berish faoliyati bilan shugʻullanuvchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



