O’zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusi bilan “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi, “Yosh dizaynerlar” kengashi, Navoiy viloyat hokimligi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Navoiy viloyatida aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Nafosat” festivali o’tkazilmoqda.
Xususan, Xatirchi tumanidagi Madaniyat markazida bo’lib o’tgan hunarmandlar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda milliy kashtachilik ko’rgazmasi namoyishi festivalga o’zgacha kayfiyat bag’ishladi. Ayniqsa, nuroniy onaxonlarning chanqovuz ohangi ostida ip yig’irish, gilam to’qish jarayonlari festivalь ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Festival davomida “Yoshlar modasi, an’analar va zamonaviy yo’nalishlar” mavzusida keng aholi ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Qolaversa, Xatirchi yoshlarining kiyinish madaniyatini aks ettirgan yosh dizaynerlarining liboslari namoyish etildi.
Tadbir davomida aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida kiyinish madaniyatini targ’ibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat-2021” festivalining faol ishtirokchilariga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari topshirildi.