“Oʻztoʻqimchiliksanoat” uyushmasining maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil 18-may holatiga respublikada himoya niqoblarining ishlab chiqarish quvvati kuniga 10,8 mln. donaga, kombinezonlar uchun — 150 ming donaga oshirildi.
275 tarmoq korxonasi tomonidan kunlik 6 million niqob va 45 ming dona kombinezonlar ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, 1,7 million dona himoya niqoblari va 1,2 million dona xalatlar insonparvarlik yordami yoʻnaltirildi, 13,4 million dona niqoblar eksportga joʻnatildi.
Himoya vositalarini ishlab chiqarishda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Andijon viloyati peshqadam boʻlib, ular hisobiga ishlab chiqarishning 75% ortiq qismi toʻgʻri kelmoqda.