Avval xabar berganimizdek, respublikada ishlab chiqarilgan himoya niqoblari toʻqimachilik korxonalari tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Fransiya kabi davlatlarga eksport qilina boshlangan edi.
Endilikda, yurtimizda ishlab chiqarilgan niqoblarni AQSH bozorlarida ham topish mumkin.
“XOʻJAOBOD FAZO” MCHJ tikuv fabrikasi 2006-yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Umumiy maydoni 2000 kv.m boʻlgan ishlab chiqarish fabrikasi Andijon viloyati Xonabod tumanida joylashgan boʻlib, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda Yaponiya, Germaniya, Turkiya da ishlab chiqarilgan toʻqimachilik uskunalaridan foydalaniladi.
Oʻzbekistonda mavjud koronavirus pandemiyasida davrida fabrikada himoya niqoblarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan edi. Hozirgi kunda ichki bozorda himoya niqoblariga boʻlgan talab qondirilganligi hamda ushbu turdagi mahsulot narxi barqarorligi hisobga olib korxona tomonidan mazkur turdagi mahsulotlarni aprel oyida Nyu-Yorkning STARKO TEXTILE kompaniyasiga eksport qilina boshlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



